Huawei 1
24-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Joriy yilning 1-choragida jami 23 535 nafar o'zbekistonliklar xorijga ishlash uchun ketgani ma'lum bo'ldi

Shulardan 356 nafari Germaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ekologiya vazirligi dam olish maskanlariga borayotgan fuqarolarni atrof-muhitni ifloslantirmaslikka chaqirdi

Ayni damda kunlar isib, hamyurtlarimizning shahar chekkalarida, ochiq hududlarda dam olish holatlari ko‘paymoqda. Bu esa o‘z navbatida ayrim ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘lmoqda, ya'ni dam olish maskanlarida chiqindilarni tashlab ketish, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni uzish, olov yoqish, atrof-muhitni ifloslantirish holatlari ko‘paymoqda.

Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi vaqtlarda ishlash maqsadida Qozog‘istonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, yurtdoshlarimizning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

Namangandagi arxeologiya yodgorligi hududida uy qurish uchun qabrlar buzilib, 6,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov Islom olami uyushmasi oliy kengashiga aʼzo bo‘ldi

Ushbu aʼzolik muftiy faoliyati davomidagi to‘rtinchi yirik tashkilotga aʼzo bo‘lish hisoblanadi.

Futzal boʻyicha FIFA-2024 oʻyinlariga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi

Futzal boʻyicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga Oʻzbekistonning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladi.

DXX: Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71,2 ming AQSH dollarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Devid Kemeron O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholadi

"Markaziy Osiyo – dunyoning muhim mintaqalaridan biri. Hududda juda kuchli qo‘shnilar bor va ular bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘z navbatida, biz ham sizlar bilan taʼlim, iqlim o‘zgarishi, biznes yoki savdo sherikligi rivojlanishini istaymiz", - deya ta'kidladi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri.

Internet orqali giyohvandlik vositalarini sotganlarga javobgarlik kuchaytirilmoqda

Mazkur qonun loyihasi bilan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga