Huawei 1
24-aprel kuni O’zbekiston hududlari bo’ylab havo harorati +30 daraja isiydi

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida  va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq  bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30°,  ba’zi joylarda 32-34° gacha bo‘ladi.

Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda  biroz qisqa muddatli  yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. . Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli  yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga