Huawei 1
23-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Kashmirdagi terakt munosabati bilan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etdi.

Reklama faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni 5,3 % ga oshgan

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 aprel holatiga reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 691 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi belgilandi

Maydoni 10 ming metr kvadratgacha bo'lgan davlat mulki obyektlari yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigan tadbirkorlarga 5 yil muddatga to'g'ridan-to'g'ri tekin foydalanishga beriladi hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu tadbirkorlarga baholangan qiymatda to'g'ridan-to'g'ri sotiladi.

Miting va namoyishlarni tartibga soluvchi qonun qabul qilinadi – loyiha

Miting, yig‘ilish va namoyishlar, shuningdek, ommaviy tadbirlar sohasidagi barcha qonunchilik normalarini umumlashtirib, qonun loyihasi takomillashtiriladi.

Qo‘qonda shifokorlarga dam bermagan rahbar jazolandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida shifokorlarni ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida hujjatlashtirmasdan va haq to‘lamasdan ishga jalb qilgan rahbar jazolandi.

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar xalqaro bozorlarda xususiylashtiriladi

Bundan tashqari, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi ta'minlanadi.

Toshkent viloyatida yirik golf majmuasi quriladi

«The Mines Resort and Golf Club» kompaniyasi bilan o‘tgan muzokaralarda Toshkent viloyatida zamonaviy golf klubi va mehmonxona majmuasini qurish loyihasi borasida kelishuvlarga erishilgan.

Kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtiriladi

Qonun bilan garov narsasi bo'lgan mol-mulk garovga qo'yuvchidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qo'yilganda, garovga oluvchida o'z talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tarzda qanoatlantirish huquqi saqlab qolinishi ko'rsatildi.

UzAutoMotors, UMS, 10 ta IES va yana bir qator yirik korxonalar sotuvga qo‘yiladi

UzAuto Motors, O‘zmetkombinat, UMS (Mobiuz), Uzbekistan GTL, Uzbekinvest, Navoiyazot, Texnopark kabi korxonalarning davlat aksiyalari xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi auksionga qo‘yiladi.

O'zbekistonda 3 oyda havo transporti orqali 1,7 millionga yaqin yo‘lovchilar tashildi

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-mart oylarida havo transporti orqali tashilgan yo‘lovchilar soni 1,7 mln nafar yo‘lovchini tashkil etgan.

O‘zbekistonda biznes muhiti yana-da yaxshilandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublika bo‘ylab tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida 2025-yilning mart oyidagi biznes muhitini tahlil qilish natijalarini taqdim etdi. Olingan maʼlumotlar asosida biznesning joriy holatlari va ularning taxminlarini tavsiflovchi biznes muhiti ko‘rsatkichi shakllantirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50922 | Инструменты