Huawei 2
2023-yilda O'zbekiston bo‘yicha avtomobilda tashuvlar sohasida 110 298 ta huquqbuzarlik aniqlangan

2023-yilda O'zbekiston bo‘yicha avtomobilda tashuvlar sohasida 110 298 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

2024-yil 1-yanvar holatida respublikada avtomobil transporti sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 3 970 ta korxonalar (MCHJ)lar mavjud.

Mazkur lisenziyalangan transport vositalari 229 917 tani tashkil etmoqda, jumladan:

— avtobuslar 7 779 tani,
— mikroavtobuslar 3 579 tani,
— yengil avtomobillar soni 195 346 tani (damas 30 541),
— yuk avtomobillari esa 23 213 tani tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha joriy yil 1-yanvar holatiga tashuvchilar tomonidan 2 426 ta  muntazam yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda, jumladan ulardan 546 tasi shahar yo‘nalishlari, 1652 ta shahar atrofi hamda 228 tasi shaharlararo yo‘nalishlaridir.

“Yo‘l sifat nazorat” axborot tizimi ishlab chiqilyapti va bu tizim “Shaffof qurilish” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi hamda joriy yilning 2-chorakdan test rejimida ishga tushiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga