Huawei 2
2023-yilda korrupsiyaga oid jinoyat ishlari o‘tgan yilgiga nisbatan 11 foizga kamaygan

2023-yilda korrupsiyaga oid jinoyat ishlari o‘tgan yilgiga nisbatan 11 foizga kamaygan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili respublika bo‘yicha jami 6 535 nafar shaxs  (2022 yilda 7 414 nafar) korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, 2022 yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar soni 879  nafarga yoki 12 foizga kamaygan.  

Javobgarlikka tortilgan 6 535 nafar shaxsning 1 076 (1482) nafari yoki 16,4 foizi (20 foizi) ozodlikdan mahrum  etilgan.

Eng ko‘p sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish  - 2 067 (2 145), pora berish - 894 (1 061), firibgarlik - 769 (937), pora olish -121 (155) va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish - 125 (117) hisoblanadi.

2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni Andijon  971(913), Sirdaryo 472(459), Surxondaryo 332 (302)  viloyatlarida oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga