O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat qildi.
Singil voqea joyida vafot etdi. Opa esa tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida 31,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
21-iyun kuni, soat 10:00 da 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Bu haqda UzAuto Motors xabar berdi.
Qizning onasining so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlari vaziyatga jiddiy munosabat bildirmagan. Shu sabab Nurafshon IIB profilaktika inspektori xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mamlakatda ayrim huquqbuzarlar tomonidan hisobot davrida 255 milliard 200 million so‘mlik tabiiy gaz hamda 297 milliard 300 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Vazirlar Mahkamasining “2024-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Jahon banki hisobotiga ko'ra, mamlakatda xizmat uchun haq to‘lashda gender tengsizligi mavjud bo‘lib, ayollar erkaklarga qaraganda 34% kamroq maosh oladi. Bu 20 foiz bo‘lgan global o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori.
Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Kichik Oqsoy tog‘iga sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo'shimchalar kiritildi.
Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi respublikadagi budjet muassasalari va tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi.
Loyihaning umumiy qiymati 4,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.
Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o'tkazilmoqda. Davlat rahbari bugungi murakkab vaziyatda barcha davlatlar ichki resurslarga tayanib, innovatsiyaga intilayotganini qayd etdi.
Hokimlar o‘z hududida aniq mutaxassisga shuncha ehtiyoj bo‘la turib, rektorlar bilan ishlamayotgani, oliygohlarga buyurtma bermayotgani tanqid qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman deb tushgan vaqtda daryo suvi tez oqayotganligi sababli muvozanatni yo‘qotib o‘zi ham oqib ketgan.
Xorijiy oliygohlarda “tannarx muhandisligi” degan fan bor, hatto kadrlar tayyorlanadi. Yoki, “qiyoslash muhandisligi” orqali eng yaxshi amaliyot va yutuqlar tahlil qilinib, ulardan andoza olib, ishlab chiqarishda joriy qilish o‘rgatiladi. “Qayta muhandislik” tayyor mahsulotni olib, ishlash mexanizmini bo‘laklarga bo‘lib, mualliflik huquqini buzmagan holda, o‘xshash mahsulot yaratishni o‘rgatadi. Shavkat Mirziyoyev birorta texnika oliygohida bularga o‘qitish yo‘lga qo‘yilmaganini afsus bilan qayd etdi.
Xitoyning "China Xiaou Group" kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, viloyat hududida 3 bosqichda 1,5 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoy investitsiyasi hisobiga yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari gidrogel va suv tanqis bo‘lgan hududlarda undan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11319 | Инструменты