Huawei 2
20-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yubordi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig'iga muvofiq Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi. 15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.

DXX: Rossiya va Qozog‘istondan olib kelingan 19,7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Xorazm va Toshkentda mayning ferma tashkil etgan shaxslar aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida CIP zalidan shaharga chiqish vaqtincha o‘zgartirildi

Qulaylik uchun aeroportga kirish joyidan CIP zaligacha belgilar o‘rnatildi.

IBF'ning yangilangan reytingida Shohjahon Ergashev ko‘tarildi

Xalqaro boks federatsiyasi o‘zining yangilangan reytingini eʼlon qildi. Reytingdan 3 nafar bokschimiz o‘rin olgan.

Xitoylik investorlar Nurafshon va Zangiotada umumiy 200 gektar yer maydonida industrial sanoat zonasi tashkil etmoqchi

Shuningdek, Yangiyoʻl shahriga sarmoya kiritishga qiziqish bildirgan xitoylik investorlar hududda kichik sanoat zonasini tashkil etish va boshqarish, turar-joy massivini rivojlantirish va eskirgan uy-joylarni taʼmirlash, zamonaviy bogʻ tashkil etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratishdi.

Kelayotgan hafta boshida O'zbekiston hududlari bo'ylab kuzatiladigan ob-havo prognozi e'lon qilindi

"O‘zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 22-24-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Diyora Keldiyorova Osiyo chempionligi uchun tatamiga chiqadi

Gonkongda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi va unda qitʼamizning 36 mamlakatidan 300 nafarga yaqin dzyudochilar qatnashmoqda.

Yekaterina Shubina Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yaponiyada baydarkada eshkak eshish bo‘yicha litsenzion Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Yekaterina Shubina kumush medalga sazovor bo‘ldi va bu orqali “Parij-2024” Olimpiadasiga yo‘l oldi.

Koreya biomarkazlari bilan tajriba va kadrlar almashinuviga kelishib olindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Qashqadaryoda fuqarolarni $35 ming evaziga Nikaragua va Isroilga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda mahkumlarga masofaviy videouchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi

Qayd etilishicha, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlarning masofali videouchrashuvlari yoki telefon orqali so‘zlashuvlari muassasa maʼmuriyati nazorati ostida o‘tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga