Huawei 2
18-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon faxriy unvonlar nishonlarini o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirdilar.

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida sezilarli pasayish qayd etildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorini sarhisob qildi. Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyatga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, joriy yilning mart oyida poytaxtning uy-joy ijara bozorida xaridorlarning faolligi 2,2 foizga kamaydi va 1 kv.m. uchun 8,6 dollarni tashkil etdi.

Endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 1 soat qolganda tugaydi

Toshkent xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni oshishi va yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi hisobga olinib, ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga tegishli yangi qoidalari joriy etildi.

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi

“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekistondagi 150 dan ortiq mahallada yangi ijtimoiy obyektlar quriladi

Loyihani amalga oshirish natijasida 622 mingdan ziyod qishloq aholisining turmush sharoiti yaxshilanishi rejalashtirilgan.

Xorazmda Eron kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilishi mumkin

O'zbekiston va Eron kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 160 million dollarga teng bo'lgan 29 ta qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasi amalga oshiriladi

Loyiha doirasida sement-beton qoplamaga o‘tkaziladigan avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 2,5 million dona manzarali daraxt va terak ko‘chatlari ekiladi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy taʼsir o‘tkazayotgan radioxalaqitlarni aniqlashda 33 ta noqonuniy qurilmalar faoliyatiga chek qo‘yildi

Qonun va normativ hujjatlar, davlat standartlari talablariga rioya qilmagan 61 ta shaxsga, jumladan 39 nafar jismoniy va 22 nafar yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar qo‘llanildi.

Elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish tufayli davlat manfaatiga 333 milliard 800 million so‘m zarar yetkazilgan

Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

O'zbekistonning yana 5 ta hududida chiqindi xizmatlari uchun yagona to’lov ta’riflari belgilandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi.

Tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanilayotgan moliyaviy jarimalar keskin qisqartirilishi mumkin

Qonunning qabul qilinishi davlat mulkidan samarali foydalanilishini, ijaraga oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga