Huawei 2
YUNKTAD bosh kotibiga Toshkentda o'tkaziladigan IV Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasiga taklifnoma topshirildi

BMTning Savdo va taraqqiyot bo'yicha konferensiyasi (YUNKTAD) bosh kotibi Rebeka Greyenspanga joriy yilning 2-4-oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan IV Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasiga (WCCE) taklifnoma topshirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Taklifnoma O'zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo'linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakili Eldiyor Toshmatov tomonidan taqdim etildi.

Uchrashuv chog'ida O'zbekistonda kreativ iqtisodiyotni yana-da rivojlantirishga qaratilgan eng muhim voqeaga aylanadigan ushbu konferensiyadan ko'zlangan maqsad va tadbir dasturi haqida batafsil ma'lumot berildi.

Tomonlar, shuningdek, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo'lish jarayoniga texnik ko'mak ko'rsatish kabi sohalardagi hamkorlikni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

YUNCTAD bosh kotibi mamlakatimizning so'nggi iqtisodiy yutuqlarini yuqori baholadi.

"O'zbekiston tobora ko'proq turli iqtisodiy reytinglarda o'zini namoyon qila boshladi va bu O'zbekiston Prezidenti rahnamoligida bu borada amalga oshirilayotgan ulkan ishlardan dalolat beradi. O'zbekistonda savdoni rivojlantirish sohasida YUNKTAD ekspertlari ishtirokida qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud", dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga