Yaponiya va Qozog'istonda Elchi sifatida ishlagan Farrux Tursunov TIVda yangi lavozimga tayinlandi

2018-yilning 24-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida TIV Hay'atining kengaytirilgan majlisi o'tkazildi. Yuu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda vazir Abdulaziz Kamilov Strategik tahlil va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Farrux Tursunovni vazirlik ishchi-xodimlariga tanishtirgan.

Farrux Tursunov shu kunga qadar, O'zbekistonning Yaponiya va Qozog'istondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimlarida ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60422 | Инструменты