Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘l magistralining moliyaviy taqsimoti maʼlum qilindi

Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘l magistralining moliyaviy taqsimoti maʼlum qilindi

Loyihaning umumiy qiymati 4,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi, shundan yarmi, yaʼni 2,35 mlrd dollar ishtirokchi davlatlar tomonidan ularning loyihadagi ulushlariga muvofiq taqsimlanishi ko‘zda tutilgan: Xitoy 1,18 mlrd AQSH dollari, Qirg‘iziston va O‘zbekiston har biri 573 mln AQSH dollaridan sarmoya kiritishi lozim.

Bundan tashqari, Xitoy 2,35 mlrd AQSH dollari miqdorida notijoriy kredit taqdim etadi, bu borada tomonlar muzokara olib borishmoqda.

Temir yo‘l qurilishi 6 yil davom etishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72405 | Инструменты