Portalga boshlang'ich narxni tushirish bo'yicha auksion o'tkazish to'g'risida e'lon – uni o'tkazishdan kamida besh kun oldin qo'yiladi.
O'zbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari to'g'risida"gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq tegishli ro'yxatga asosan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida xarid qilish tartibi belgilandi. Ular to'g'risidagi ma'lumotlar shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan maxsus axborot portaliga joylashtirilishi kerak.
- Qarorga ko'ra, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga:
- boshlang'ich narxni tushirish bo'yicha auksion o'tkazish to'g'risida e'lon – uni o'tkazishdan kamida besh kun oldin;
- tanlov o'tkazish to'g'risida e'lon – tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida o'n kun oldin joylashtiriladi.
Adliya vazirligiga manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda davlat xaridlari sohasidagi huquqni qo'llash amaliyotini tahlil qilib borish topshirildi.
Huquqni qo'llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar hisobga olingan holda ikki oy muddatda "Davlat xaridlari to'g'risida"gi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflar kiritiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101305 | Инструменты