Huawei 1
Samarqandda O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rtasidagi muzokaralar do‘stona va konstruktiv ruhda boshlandi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga, xususan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, qator sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50922 | Инструменты