Huawei 1
O'zbekiston va Rossiya transport sohasida nazorat organlari o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Transport haftaligi-2023 doirasida Rossiya Transport sohasida nazorat qilish Federal xizmati va O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi o'rtasida avtomobil transporti va yo'l xo'jaligi, shuningdek, temir yo'l transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida memorandum imzolandi.

Hujjatni Transport nazorat inspeksiyasi boshlig'i Jamshid Karimov va Rostransnadzor rahbari Viktor Basargin imzoladi. Mazkur memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo'nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yishmoqda:

- tomonlarning huquqni qo'llash amaliyoti bo'yicha tajriba almashish;

- yo'l harakati xavfsizligi va temir yo'l transportidan foydalanish qoidalari buzilishi to'g'risida ma'lumot almashish;

- raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102408 | Инструменты