Huawei 2
O'zbekiston elchisi Qatar ijtimoiy taraqqiyot va oila vaziri bilan uchrashdi

O'zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatar ijtimoiy taraqqiyot va oila vaziri Maryam Al-Misnad bilan uchrashuv o'tkazdi

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Qatar o'rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida o'zaro tajriba almashish, hamkorlikda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qatar vaziri ushbu mamlakatning nogironlar uchun shahar infrastrukturasini yaxshilash, yetim bolalar va qariyalarga e'tibor berish, jamiyatda xotin-qizlar o'rnini mustahkamlash yo'nalishlarida erishgan yutuqlari bo'yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, Qatarda mazkur yo'nalishlarda ish olib boruvchi jamoat tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik loyihalarini o'rganib chiqishni taklif qildi.

Vazir Maryam Al-Misnad O'zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyani Qatarga taklif qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga