Saida Mirziyoyeva “The Walt Disney Company” kompaniyasining vitse-prezidenti, “Emmi” mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv o‘tkazdi. Maqsad — O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish:
➖ Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlash ko‘zda tutilgan;
➖ O‘zbekistonda “Disney”ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirildi;
➖ xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan “Cinema Park” kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan “Disneyland” tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122013 | Инструменты