Huawei 1
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Devid Kemeron o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan iqtisodiy barqarorlikni yuksaltirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Janob Kemeron, o‘z navbatida, samimiy va iliq qabul uchun uchun minnatdorlik bildirib, erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari, jumladan, transport sohasidagi hamkorlik, kapital bozori bo‘yicha London birjasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga