Huawei 1
O‘zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumida 50 dan ortiq hujjat imzolandi

Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjumanda ikki tomondan 100 ga yaqin OTM rahbarlari, vazirlik hamda idoralar masʼullari ishtirok etdi. 

Forumning yalpi majlisi yakuni bo‘yicha imzolangan hujjatlarda o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional taʼlimda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish va stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish, ikki davlat olimlari tomonidan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga