Huawei 1
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Qatar elchisi bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Qatar elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashuv o'tkazdi

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar Afg'oniston bo'yicha O'zbekiston-Qatar hamkorligining bugungi holatini muhokama qildilar. Bu yo'nalishda muntazam muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdorlik ta'kidlandi.

Suhbat chog'ida joriy yilning fevral oyida Qatar poytaxti Doxa shahrida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligida bo'lib o'tadigan Afg'oniston bo'yicha maxsus vakillarning uchrashuviga alohida e'tibor qaratildi.

Ushbu tadbir jahon hamjamiyatining Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha samarali yechimlarni taklif etish va harakatlarini muvofiqlashtirish, afg'on xalqiga insonparvarlik yordami ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51210 | Инструменты