Huawei 2
Moldova O'zbekistonga yangi elchi tayinladi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moldovaning mamlakatimizdagi yangi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiverdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

"Vazirlikda Moldovaning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiver janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Muloqot chog'ida O'zbekiston-Moldova aloqalarining hozirgi holatini ko'rib chiqdik va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini belgilab oldik. Janob Elchiga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Moldova o'rtasidagi diplomatik munosabatlar bundan qariyb 30 yil avval – 1994-yil 23-avgustda o'rnatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga