Huawei 1
Marhamat va Buloqboshi tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Marhamat tumani hokimi lavozimiga O‘tkirbek Maʼmurov tayinlandi.

O‘tkirbek Maʼmurov 1973-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda “K.Timirzayev” nomli Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi sohalarida agronom, mudir, rais o‘rinbosari, rais, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga Furqatbek Bo‘taxonov tayinlandi. 

Furkatbek Bo‘taxonov 1985-yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida moliya, elektr taʼminoti, iqtisodiyot, investitsiya va aholi bandligini taʼminlash sohalarida g‘aznachi, hisobchi, bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis hamda tuman hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga