Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 5,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 74,1 % ga oshgan.
Hududlar bo‘yicha sug‘urta xizmatlari hajmi eng ko'p Toshkent shahrida o'sgan. Ushbu hududda xizmat hajmi 3 710,5 mlrd so‘mga yetgan. Bunda eng past ko'rsatkich Jizzax viloyatida kuzatilgan bo'lib, hududning xizmat hajmi 64,1 mlrd so'mni tashkil etgan.
Quyida respublikada qayd etilgan sug‘urta xizmatlari hajmi bilan tanishishingiz mumkin:
— Qoraqalpog‘iston – 245,4 mlrd so'm
— Farg‘ona viloyati – 166,8 mlrd so'm
— Toshkent viloyati – 149,9 mlrd so'm
— Andijon viloyati – 146,2 mlrd so'm
— Buxoro viloyati – 145,9 mlrd so'm
— Namangan viloyati – 143,8 mlrd so'm
— Qashqadaryo viloyati – 133 mlrd so'm
— Samarqand viloyati – 130,5 mlrd so'm
— Xorazm viloyati – 126 mlrd so'm
— Navoiy viloyati – 118,3 mlrd so'm
— Surxondaryo viloyati – 70,2 mlrd so'm
— Sirdaryo viloyati – 65,5 mlrd so'm
Eslatib o'tamiz, 2022-yil 1-yarim yilligida O‘zbekiston sug‘urta bozori 2,7 trln so‘mni tashkil qilgandi.
Shuningdek, bu yildan Sug'urta polislarini ro'yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi. O'zbekistonda endi yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavotlarni sug'urta polisisiz eksport qilish imkoniyati beriladi. Undan tashqari, tadbirkorlik subyektlarining javobgarligi majburiy sug'urta qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110504 | Инструменты