Huawei 1
O‘zbekiston 11 oyda 1 mlrd dollarlik  meva va sabzavotlar eksport qildi

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 1,0 mlrd AQSH dollarlik 1,6 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 168,3 ming tonnaga oshgan.

11 oyda eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi quyidagicha:

- meva va rezavorlar – 335 ming tonna

- quritilgan meva va rezavorlar – 42 ming tonna

- sabzavotlar – 819 ming tonna

- piyoz – 199,5 ming tonna

- karam – 142 ming tonna

- pomidor – 71 ming tonna

- uzum – 218 ming tonna

- mayiz – 73,6 ming tonna

- yeryong‘oq – 18,3 ming tonna

- tarvuz-qovun – 135,8 ming tonna

Ma'lumot o'rnida, O'zbekistonga joriy yilning 10 oyi davomida xorijdan 90 million dollarlik meva import qilingandi. Shunda meva importining deyarli yarmi bananga to'g'ri kelgandi. Ushbu meva importi yil davomida qiymati bo‘yicha 2,2 baravarga oshib, oyiga 11,2 ming tonnaga yetgandi. Bundan tashqari, nok importi 65 foizga, kivi importi 2,2 barobarga, limon importi 5 barobarga, ananas importi esa 80 foizga oshdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga