Huawei 2
Ayrim sug‘urta kompaniyalarining litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi xabar berishicha Semurg', Ishonch, Kafolat, Xalq kabi ko'plab sug'urta kompaniyalari litsenziyalarining amal qilish muddati 2022-yil 3-iyun sanasidan boshlab o‘n kun muddatga to‘xtatilgan.

Chunki bu kompaniyalarda“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga asosan litsenziya talablari va shartlari buzilish holatlari aniqlangan.

Shu sababli quyidagi kompaniyalar litsenziyasi to'xtatilgan:

1. “SEMURG SUG‘URTA” AJ QKning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00039-sonli.
2. “ISHONCH SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ QKning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00045-sonli,
3. “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning 2017-yil 11-dekabrdagi SF 00222-sonli.
4.  “XALQ SUG‘URTA” AJning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00054-sonli.

Ushbu davr mobaynida sug‘urtalovchiga yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, shu jumladan amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish taqiqlanadi.

Ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha esa o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.

Shuningdek, sug‘urta tashkilotlari tomonidan ular faoliyatidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlari bartaraf etilganligini asoslovchi hujjatlar ushbu muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etilishi lozim.

Aks holda, ushbu sug‘urta tashkilotlariga nisbatan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarining amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatish choralari ko‘riladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga