Huawei 1
Yevropa ligasi. Ispaniya inglizcha finalga mezbonlik qiladi

Yevropa ligasi yarim finalining 9-mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan javob o‘yinlarida ham Angliya klublarining qo‘li baland keldi.

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Atletik»ni, «Tottenhem» safarda «Budyo-Glimt»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Yevropa ligasi. Yarim final

Manchester Yunated — Atletik — 4:1

Gollar: Maunt (72, 90+1), Kazemiro (79), Hoylund (85) — Xauregisar (31).

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «MYu» «Atletik»ni 7:1 hisobida yengib, finalga yo‘l oldi.

Budyo-Glimt — Tottenhem — 0:2

Gollar: Solanke (63), Porro (69).

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Tottenhem» «Budyo-Glimt»ni 5:1 hisobida yengib, finalga chiqdi.

Yevropa ligasi g‘olibi 21-may kuni aniqlanadi — «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» Ispaniyadagi «San-Mames» stadioni («Atletik» maydoni)da to‘qnashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51001 | Инструменты