Huawei 1
Tomas Myuller faoliyatini yakunlamoqchi

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga yaqin turibdi.

Xabarlarga ko'ra, 34 yoshli germaniyalik futbolchi faoliyatini 2025-yilning yozida, ya'ni "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi tugashi bilan yakunlashni rejalashtirmoqda. 

Qayd etilishicha, “Bavariya” Myullerga munosib o‘rinni taklif qilib, uni klubda saqlab qolishga harakat qiladi.

Tomas Myuller "Bavariya"da 2009-yildan beri o'ynab kelmoqda. Transfermarkt internet portali futbolchining narxini 10 million yevroga baholagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga