OCHL. “Paxtakor” mehmonda “Al-Ayn” ustidan g‘alabani qo‘lga kiritdi, “Navbahor” o‘z maydonida “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘ldi

28-noyabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. 

Unda “Paxtakor” safarda “Al-Ayn” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Elsa Halfan hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim BAA klubi foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida esa Hojimat Erkinov o‘z hisobiga gol yozdirgan bo‘lsa, 61-daqiqada Hojimat ikkinchi bor darvozani ishg‘ol qildi. 78-daqiqada Dragan Cheran ham gol urdi. Shu tariqa “Paxtakor” g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 7 taga yetkazdi va A guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, “Navbahor” o‘z maydonida “Al-Hilol”ni mehmon qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Saudiyaliklar safida Malkom va al-Davsari o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. "Navabahor" ushbu mag‘lubiyatdan keyin 10 ochko jamg‘argan holda D guruhida 2-o‘rinda bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты