Huawei 1
OCHL: O'zbekiston klublari jami 1 million 630 ming AQSH dollari ishlab oldi

Osiyo chempionlar ligasi 2023-2024-yilgi mavsumda O‘zbekistonning “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va “OKMK” jamoalari qatnashdi.

Ushbu jamoalar musobaqaning turli bosqichlarida o‘z ishtirokini yakunladi. Aniqrog‘i, “Paxtakor” va “OKMK” klublari guruh bosqichida, “Nasaf” hamda “Navbahor” esa 1/8 finalda ligani tark etdi. 

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ushbu jamoalar turli miqdordagi pul ishlab oldi. Jumladan, “Navbahor” klubi 600 ming AQSH dollari, “Nasaf” 520 ming AQSH dollari, “Paxtakor” 290 ming AQSH dollari va “OKMK” 220 ming AQSH dollariga ega bo‘ldi. 

Maʼlumot uchun, ushbu mukofot pullari klublarga qayd etgan natijalariga qarab belgilangan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga