OCHL. Karim Benzema jamoasi Olmaliqda OKMKni mag‘lub etdi, “Nasaf” esa “Al-Faysali” ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

27-noyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur doirasida Qarshining "Nasaf" jamoasi Iordaniyaning "Al Faysali" jamoasi Olmaliqning OKMK jamoasi esa Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

"Nasaf" va "Al Faysali" o‘rtasidagi uchrashuvda qarshiliklar raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarga "Al Faysali"dan Reziq Muhammad Banixani hisobni ochgan bo‘lsa qolgan gollarga "Nasaf" jamoasidan Lima Kruz, Zafarmurod Abdirahmatov va Marko Stanoyevich mualliflik qilishdi.

Shuningdek, mazkur tur doirasida Olmaliqning OKMK jamoasi ham o‘z uyida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasini qabul qildi.

Bahsda Karim Benzema to‘p tepayotgan "Al Ittihod" safarda OKMK jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Ushbu o‘yinda kiritilgan gollarga "Al Ittihod"dan Hamdallah (dubl) va OKMKdan Boakьye mualliflik qilishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты