Huawei 2
O‘zbekiston Kubogi. “Buxoro” “Mash’al” bilan durang o‘ynadi, “OKMK” esa “Aral Akademiya”ni 16:0 hisobida mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 22-aprel, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“OKMK” safarda “Aral Akademiya”ni 16:0 hisobida mag‘lub etdi. Qayd etib o‘tish joiz, Ali Abdurahmonov poker, Aziz Xolmurodov esa het-trik muallifiga aylandi. 

“Mash’al” esa “Buxoro” bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Shuningdek, “Xorazm” “Namangan FA” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Xorazmliklar tarkibida Oybek Nurmatov, Farruh Ibrohimov, Oybek Nurmatov va Issa Diamoutene gol mualliflariga aylandi. Namangan jamoasi safida Isroiljon Tursunboyev bitta gol urdi.

O‘zbekiston Kubogi

Guruh bosqichi, 2-tur

22-aprel, dushanba

“Aral Akademiya”“OKMK” 0:16

Gollar: Aziz Xolmurodov, 3 (0:1), Milyan Shkrbich, 18 (0:2), Islom To’xtaxo’jayev, 22 (0:3), Aziz Xolmurodov, 24 (0:4), Aziz Xolmurodov, 36 (0:5), Oybek Rustamov, 37 (0:6), Irakli Ruxadze, 39 (0:7), Allayar Maratov, 43 avtogol (0:8), Ali Abdurahmonov, 46 (0:9), Irakli Ruxadze, 50 (0:10), Ali Abdurahmonov, 55 (0:11), Nodirbek Abdurazzoqov, 63 (0:12), Ali Abdurahmonov, 75 (0:13), Mirjamol Qosimov, 84 (0:14), Xurshid G'iyosov, 86 (0:15), Ali Abdurahmonov, 90+2 (0:16).

“Mash’al”“Buxoro” 0:0

“Namangan FA”“Xorazm” 1:4

Gollar: Oybek Nurmatov, 2 (0:1), Farruh Ibrohimov, 36 (0:2), Oybek Nurmatov, 40 (0:3), Issa Diamoutene, 67 (0:4), Isroiljon Tursunboyev, 76 (1:4).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga