Neymar PSJ to'purarlari tarixida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Yangi mavsumda u gol+pas sistemasida Yevropada tengsiz
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar Parij jamoasi to'purarlari tarixida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Kecha, braziliyalik hujumchi Fransiya chempionati 7-turidan o'rin olgan “Brest”ga qarshi bahsda o'yin taqdirini hal qilgan yagona golga mualliflik qildi (1:0). Bu Neymarning parijliklar safidagi 110-goli bo'ldi. Bu orqali futbolchi PSJda 2003-08-yillar oralig'ida to'p surgan Pedru Pauletani (109 ta gol) ortda qoldirib, PSJ tarixidagi to'purarlar reytingida to'rtinchi o'ringa chiqib oldi.
PSJ tarixida faqat 3 futbolchi Neymardan ko'proq gol urgan va ulardan biri hozir ham Parijda o'ynamoqda: Zlatan Ibrahimovich (156 ta gol), Kilian Mbappe (180 ta gol) hamda Edinson Kavani (200 ta gol). Yangi mavsumda Neymar klubi safida 9 o'yinda 10 ta gol va 7 assist amalga oshirgan holda Yevropaning eng sermahsul futbolchisi bo'lib turibdi.
Avvalroq, PSJ bosh murabbiyining Neymarni jamoada ikkinchi penalti tepuvchi, deya atagani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81718 | Инструменты
MALADES