Huawei 2
"Manchester Yunayted" Tomas Tuxelni mavsum oxirigacha olib kelmoqchi

“Manchester Yunayted” rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rniga boshqa mutaxassis qidiryapti. Niderlandiyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa barqaror o‘yin namoyish qila olmayapti. Shu bois, klub jamoani boshqa ustozga topshirmoqchi.

Ma’lum qilinishicha, manchesterliklar jamoani boshqarish taklifi bilan “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxelga murojaat qilgan. 

Myunxen superklubi germaniyalik murabbiy qo‘l ostida Bundesliga chempionligini qo‘ldan chiqardi. 

Tuxelning omadsizligi shundaki, “Bavariya” 2013-yildan beri uzluksiz davom etib kelayotgan chempionlikdan aynan uning davrida ayrildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga