Huawei 2
“Lans” klubi Abduqodir Husanovni qaydnomaga kiritmadi

Fransiya chempionatining 29-turida “Lans” klubi 12-aprel sanasida “Mets” mehmoni bo‘ladi. 

Klub qaydnomaga o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni kiritmadi. Bosh murabbiy tarkib haqida to‘xtalib, jarohatdan qaytgan futbolchilar haqida ma’lumot bergan, ammo u himoyachi Abduqodir Husanov haqida hech qanday fikr bildirmagan. 

Lensois.com sayti futbolchining o‘rinbosarlar tarkibida mashg‘ulotlar olib borilishi haqida ma’lumot tarqatgan

le11hdf.fr saytida ham tarkib borasida ma’lumot berilgan. Unga ko‘ra, Abdul Hamed jarohat sabab tarkibga kiritilmagan, qolgan futbolchilar, shu jumladan, Abduqodir Husanov tarkibdan tushirib qoldirilishi sababi keltirilmagan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hozirda legioner futbolchilarni musobaqaga jalb qilish borasida muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgan edi. Reglamentga ko‘ra, jamoa birinchi uchrashuvga 6 soat qolgunga qadar tarkibda o‘zgarishlar qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, Fransiyada to‘p surayotgan himoyachining tarkibga kelib qo‘shilishini taxmin qilish mumkin.

O‘zbekiston fubol assotsiatsiyasi bu haqda hozircha ma’lumot berganicha yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga