Huawei 1
Fayzullayev va Husanovning narxi keskin ko‘tarildi

Transfermarkt Osiyo Kubogida qatnashgan futbolchilarning narxini yangiladi. Unga ko‘ra O‘zbekiston hamda Tojikiston jamoalarining 9 nafarida boshqalarga nisbatan keskin o‘zgarishlar bo‘lgan.

Masalan, hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayevning narxi 1 million yevroga qimmatlashib, hozirda futbolchi 5 million yevroga baholangan. Husanovning narxi esa 500 ming dollarga oshgan. Hozirda “Lans” himoyachisining narxi 2 million yevroga teng.

Ro‘yxatning beshinchi o‘rnida joylashgan Abdirahmatovning narxi 150 ming dollarga oshgan va hozirdagi transfer narxi 500 ming dollarga baholangan.

Bundan tashqari ro‘yxatdan 6 nafar tojikistonlik futbolchilar o‘rin egallagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты