Huawei 1
Dunyoning eng qimmat futbol klubi nomi ma'lum bo'ldi

Sportico sport-biznes portali ayni damdagi eng qimmat futbol klublari ro'yxatini e'lon qildi.

Reytingda birinchi o‘rinni Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi egalladi. Uning qiymati (6,2 milliard dollar) deb baholangan. Ikkinchi o'rinda "Real Madrid" (6 milliard dollar). Uchinchi o‘rinni kataloniyalik “Barselona” (5,2 milliard dollar) egalladi. Kuchli uchlikdan bir oz orqada Angliyaning “Liverpul” klubi (5,1 milliard dollar) turibdi. Kuchli beshlikni “Bavariya” (4,8 milliard dollar) yakunladi.

"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining (APL) 35 o'yinidan so'ng turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi (54 ochko). 7-o‘rindagi “Chelsi” ham xuddi shunday raqamga ega. “Qizil iblislar” va “aristokratlar”ning qo‘lida bittadan o‘yin bor.

"Manchester Yunayted" mavsumni yevrokuboklar zonasida yakunlashni rejalashtirmoqda. Joriy mavsumda inglizlar Chempionlar ligasi guruhida so‘nggi o‘rinni egallashdi. 12-may kuni Angliya chempionati doirasida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida Londonning “Arsenal” klubini qabul qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga