"Barselona" 2024-25 yilgi Ispaniya kubogi final uchrashuvida "Real Madrid"ga qarshi maydonga tushdi. Kataloniyalar qo‘shimcha bo‘limlarda Kunde tomonidan urilgan gol sabab musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
"Barselona" tarkibida Pedri, Torres hamda Kunde 1tadan gol urgan bo‘lsa, "Real"ning gollariga Mbappe va Tchuameni mualliflik qildi.
Shu tariqa "Barselona" 32 bor Ispaniya kubogini qo‘lga kiritib, o‘z rekordini yangiladi. "Real" esa ushbu musobaqada 20 marta g‘olib chiqqan.
Ispaniya kubogi 2024/25. Final
Barselona – Real Madrid – 3:2
Gollar: Pedri, 28, Torres, 84, Kunde, 116– Mbappe, 70, Chuameni, 77
"Barselona": Щensnы - Kunde, Kubarsi, Martines, Martin (Arauxo, 85) - Pedri, de Yong (Gavi, 86), Olmo (Lopes, 64) - Yamal, Torres, Rafinya.
"Real": Kurtua - Vaskes (Modrich, 55), Asensio, Ryudiger, Mendi (F. Garsiya, 11) - Valverde, Chuameni, Sebalos (Gyuller, 55) - Bellingem, Rodrigo (Mbappe, 46, ), Vinisius ( Dias, 89).
Ogohlantirishlar: Martin, 37, de Yong, 68, Lopes, 90+4, Rafinya, 90+10 – Chuameni, 31, Modrich, 90+1, Bellingem, 108.
Chetlashish: Ryudiger, 120+3.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50921 | Инструменты