Huawei 1
“Al-Hilol” 2023-yilda Lionel Messiga qancha maosh va’da qilgani ma’lum bo‘ldi

“Al-Hilol” prezidenti 2023-yilda Lionel Messi bilan muzokaralar olib borilganini haqida aytib o‘tdi.

O‘tgan yili argentinalik futbolchi “PSJ”ni erkin agent sifatida tark etgandi. O‘sha vaqtlarda Messi “Barselona”ga qaytishi haqida xabarlar chiqa boshlagandi, biroq yakunda Leo “Inter Mayami” safiga borib qo‘shilgandi.

“Biz haqiqatan ham Messi bilan muzokaralar olib borgan edik. Unga 1,4 milliard yevro taklif qilgandik, biroq Leo taklifni rad etgandi. Chunki uning oilasi Amerikaga borishni xohlagan edi.

Futbolchi oilasi uchun shunday katta puldan voz kechishi hayratlarli. Biz uni hurmat qilamiz, chunki oila puldan muhimroq”, — deydi Anmar al-Hayli.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты