Huawei 2
Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi

“Transfermarkt” portali Markaziy Osiyo va ayrim Yevropa qitʼasi mamlakatlarining ayni paytdagi eng qimmat futbolchilarining yangi reytingini tuzib chiqdi.

Ushbu reytingda hamyurtimiz, “SSKA” klubi aʼzosi Abbosbek Fayzullayevning narxini 5 million yevroga baholagani va hozirgi kunda O'zbekistonning eng qimmat futbolchisi, deya eʼtirof etildi. 

Maʼlumot uchun, bugunga qadar ushbu reytingda O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi Eldor Shomurodov edi. Italiyaning “Kalyari” jamoasi aʼzosi bo‘lgan Eldorning transfer narxi bir paytlar 14 million yevroga baholangan. Afsuski, Eldor Shomurodovning transfer narxi keyingi yillarda muntazam arzonlab bormoqda. Abbosbek Fayzullayev esa aksincha, bu ko‘rsatkichda tez ko‘tarilyapti. Lekin ayni vaqtda terma jamoamiz sardori bo‘lgan Eldorning transfer narxi ham 5 million yevroni tashkil etmoqda.  

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga