Tunning siz o'tkazib yuborgan voqealarini bir sahifaga jamladik
* Rasman: Rob Edvard Chempionshipga ravona bo'lgan "Uotford" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi;
* "Sporting" "Maynz" himoyachisi Jerri Sen-Jyustni 9,5 mln yevro evaziga sotib oldi;
* Angliya Premyer-ligasi 33-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahsda "Vulverhempton" o'z uyida "Manchester Siti"ni qabul qildi va 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yinda Kevin de Bruyne poker qayd etdi;
* Kevin de Bruyne APLdagi gol+assistlar soni bo'yicha Eden Azarga yetib oldi: 54 gol + 85 assist. (Azarda 85 gol + 54 assist);
* Angliya Premyer-ligasi 33-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yinda "Lids" o'z uyida "Chelsi"ga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Gollarga Maunt, Pulishich va Lukaku mualliflik qildi;
* Jerar Romero: 95% ehtimol bilan Frenki de Yong MYU futbolchisi;
* Premyer-liga 30-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahsda "Uotford" hamda "Everton" jamoalari o'zaro to'qnash kelib, 0:0 hisobida durang o'ynadi. Shuningdek, 21-turdan o'rin olgan qoldirilgan o'yinda "Lester" o'z uyida "Norvich" ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi;
* Italiya Kubogi finalida bosh sovrin uchun "Inter" hamda "Yuventus" jamoalari kurash olib borishdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangach, milanliklar qo'shimcha bo'limlarda yana ikta gol urib, 2:4 hisobida zafar quchdi va Italiya Kubogi sohibiga aylandi;
* "Manchester Siti", APLning ketma-ket 5 ta o'yinida 3+ gol farqi bilan g'alaba qozongan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81816 | Инструменты