“Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-39-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima quyidagicha miqdorida o'rnatildi:
— fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i (avval 100%);
— bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227 prim 1-modda) uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 %i hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Undirilgan jarima summalarining 98%i kelgusi toʻlovlar hisobiga tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31809 | Инструменты