Huawei 1
Mikrokredit tashkilotlari chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi joriy yilning mart oyidagi yig‘ilishlarida 33 ta masalani ko‘rib chiqdi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qildi.

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 25 ta, xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish, mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reestriga kiritish va hisob ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir banklar va to‘lov tashkilotlarida Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari ham muhokama qilindi.
Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga to‘liq rioya qilinishini ta’minlamagan 1 ta bank va 1 ta mikrokredit tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

O‘zbekistonning "To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonun talablariga asosan litsenziya olgan kundan e’tiboran bir yil davomida o‘z faoliyatini amalga oshirmagan 1 ta to‘lov tizimi operatorining faoliyati olti oy muddatga cheklandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga