Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli darajada kamaydi

Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari bir oyda $293,7 mlnga pasayib, $36,34 mlrdni tashkil etdi.

Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori kamayishda davom etmoqda. Iyunda valyuta zaxiralari $707 mln kamayish bilan $8,43 mlrd bo‘lgan.

Bundan tashqari, o‘tgan oyda qimmatli qog‘ozlar tarkibidagi ko‘rsatkich $35,1 mlnni tashkil etgan.

Regulyatorning boshqa mamlakatlar markaziy banklari hamda XVJdagi depozitlari hajmi biroz kamayib, $422,2 mlnni qayd etdi.

Shu bilan birga, boshqa xorijiy moliya institutlarining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar miqdori ham bir oy davomida $796,7 mlnga kamaydi — $8,01 mlrd.

Iyun oyida mamlakat oltin zaxiralari $506,5 mlnga oshib, $27,31 mlrdga yetdi. Zaxiradagi oltinning fizik hajmi ham 300 mingga oshib, 11,7 mln troy unsiyani tashkil etdi.

Markaziy bankning qayd etishicha, oltin narxining $2 342,9dan $2 327,6gacha tushishining ta’siri $0,2 mlrd bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72309 | Инструменты