O‘tgan hafta davomida, yaʼni 5-11-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 922,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 37,8% ga kamdir.
Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 78,0% birja savdolariga, qolgan 22,0% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 280,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Shrot
Birja savdolariga 21 182,0 tonna shrot qo‘yildi va uning 9 691,0 tonnasi, yaʼni 45,7% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 21 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 663,7 ming so‘mdan 3 560,4 ming so‘mgacha pasaydi. Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 938,0 tonnani tashkil qildi.
Ammiakli selitra
Birja savdolari orqali 14 536,0 tonna ammiakli selitra sotildi. Ammiakli selitraning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 907,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 41 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitra bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 992,9 ming so‘mdan 2 962,1 ming so‘mgacha pasaydi.
Qora metall prokati
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 7 452,0 tonna qora metall sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 37 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qora metall prokatining o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 727,8 ming so‘mdan 8 639,6 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12117 | Инструменты