“UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi

Prezidentning 2023-yil sentyabr oyida Germaniyaga tashrifi davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Germaniyaning “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari o‘rtasida Andijon viloyatida hamkorlikda zamonaviy multimodal logistika markazini qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra Andijon logistika markazi negizida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari o‘rtasida “UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy logistika markazi ochiq va yopiq bojxona omborlari, konteynerlarni ortish-tushirish maydoni, og‘ir yuklarni qayta ishlash va multimodal tashuvlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.

2024-2026-yillarda loyihaga 20 mln. Yevro investitsiya kiritish orqali kelgusida logistika markazida yiliga 250-300 ming tonna yukni qayta ishlash imkoni yaratiladi.

“UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi mart oyining oxirlariga rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты