Avvalroq Toshkent shahridagi oziq-ovqat do‘konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istiroxat bog‘lari qisqartirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan edi.
Mazkur qaror havo-haroratining keskin pasayshi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz ta’minotini uzluksiz yetkazish maqsadida qabul qilingan edi.
Bugun, 26-yanvar kuni poytaxt hokimligi ushbu cheklov bekor qilinganini maʼlum qildi.
«Bugungi kunda havo harorati yaxshilanayotganligi va holat barqarorlashayotganligi bois yuqoridagi barcha korxonalar doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin», — deyiladi hokimlik xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51005 | Инструменты