Huawei 1
“Plug and Play” akseleratsiya dasturi uchun O’zbekistonda startaplar tanlovi boshlandi

“Plug and Play” akseleratsiya dasturi uchun tanlovning birinchi to‘lqini O’zbekistonda rasmiy ishga tushirildi. Bu haqda IT park axborot hizmati xabar berdi.

Startaplar “Plug and Play” sayti orqali ariza topshirishlari mumkin. Ta'lim ingliz tilida olib boriladi.

“Plug and Play” vakillarining ma’lum qilishicha, platforma dekabr oyida O‘zbekistonda o’z ofisini ochishni rejalashtirgan.

Ofis ishga tushirilgandan soʻng eng istiqbolli startap-loyihalar tanlab olinib, ular akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish va yirik korporatsiyalar bilan netvorking oʻrnatish orqali ularning oʻsishiga yordam beriladi.

“Plug and Play” – dunyodagi etakchi innovatsion platformalardan biri boʻlib, startaplar, korporatsiyalar, venchur kapital firmalari, universitetlar va davlat idoralarini birlashtiradi. Kompaniya Silikon vodiysida shtab-kvartirasi boʻlgan beshta qitʼaning 47 dan ortiq joylarida namoyish etilgan. “Plug and Play” korporativ innovatsion dasturlarni taklif qiladi va korporativ hamkorlarga innovatsion sayohatining har bir bosqichida, o‘rganishdan tortib to amalga oshirishgacha yordam beradi.

Avvalroq O'zbekistonda 4 yil ichida 104 mlrd so‘mlik 155 ta startap loyiha moliyalashtirilgani haqida xabr bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101305 | Инструменты