Huawei 2
O'zbekistonda savdo sohasidagi korxonalar uch oyda 6 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-mart oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 149 544 ta yuridik shaxs tomonidan 5,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 629,5 mlrd so‘mi, ya’ni 10,6 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 10,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 192,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

- QQS – 253,9 mlrd so‘m;
- foyda solig'i – 154,9 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i - 82,4 mlrd so‘m;
- JShODS - 78,9 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 40,4 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 15,1 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 3,9 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga