Huawei 2
O'zbekiston Ispaniya bilan ichimlik va oqova suv tizimini yaxshilash sohasida hamkorlik qiladi

O'zbekiston elchixonasi ko'magida "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Dilshod Azimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyaning Ispaniyaga tashrifi tashkil etildi

Tashrif davomida Ispaniya Iqtisodiyot, savdo va biznes vazirligi, Tashqi savdo instituti (ICEX) hamda "Almar Water", "IDOM", "Hidroconta" va "WEG" kabi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi.

Iqtisodiyot, savdo va biznes vazirligining xalqaro savdo va investitsiyalar departamentida bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zbekiston hukumati tomonidan so'nggi yillarda ichimlik va oqova suv tizimini yaxshilash borasida ko'rilayotgan choralar haqida ma'lumot berildi.

Ispaniya tomoni FIEM fondi orqali O'zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirishga, shuningdek ispan kompaniyalari ishtirokidagi davlat-xususiy sheriklik bo'yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun grant mablag'larini taqdim etish imkoni mavjudligini ma'lum qildi.

Tomonlar Samarqand viloyati va Qoraqalpog'istonda qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha kelishib oldilar.

Madriddagi Tashqi savdo institutida ichimlik va oqova suv sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi ispan kompaniyalari vakillari ishtirokida davra suhbati va B2B shaklidagi muzokaralar tashkil etildi.

Tadbir chog'ida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan sohaviy islohotlar, "O'zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar, istiqbolli loyihalar bo'yicha taqdimot o'tkazildi. Uchrashuvlar yakuniga ko'ra, bir qator Ispaniya kompaniyalari bilan investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni yo'lga quyish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga