Huawei 1
O'zbekiston Hindiston oziq-ovqat sanoatining yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlik o'rnatmoqda

O'zbekiston diplomatlari Hindiston oziq-ovqat sanoatining yetakchilaridan biri – "Haldiram's" kompaniyasi bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Hind oshxonasi o'zining rang-barangligi, turli talab va ehtiyojlarga mos xilma-xil taomlari bilan ajralib turadi. XIX asrning oxirida tashkil etilgan "Haldiram's" kompaniyasi bugungi kunga kelib mamlakatdagi eng ommabop tovar belgisi mavqeiga erishgan.

Kompaniya tomonidan tayyorlanadigan milliy taomlar va shirinliklar nafaqat Hindistonda, balki xalqaro ko'lamda ham o'z o'rniga ega. Ular Yevropa va Yaqin Sharq davlatlari, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlardagi yirik savdo tarmoqlarida sotiladi.

Mahsulot tayyorlash jarayonida mahalliy masalliqlardan tashqari turli davlatlardan import qilinadigan xomashyo ham keng qo'llaniladi.

O'zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev muloqot chog'ida mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning natijalari, izchil rivoj topayotgan ikki tomonlama hamkorlik aloqalariga alohida to'xtalib o'tdi.

Mamlakatimizda yetishtiriladigan quruq mevalar, kavrak shirasi, za'faron va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarning namunalari taqdim etildi.

"Haldiram's" boshqaruvchi direktori Manohar La'l Agarval O'zbekiston bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga qiziqish bildirdi, ushbu aloqalar o'zaro manfaatli hamda istiqbolli bo'lishini ta'kidladi.

Tomonlar uzoq muddatli sheriklik o'rnatish va uni izchil rivojlantirish uchun o'zaro delegatsiyalar almashish, boshqa tashkiliy masalalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga