Huawei 2
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi uch oyda 15,8 mlrd dollarga yetdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining eksport hajmi qariyb 6,4 mlrd AQSH dollariga yetgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri  bilan solishtirilganda 10 % ga ko‘p.

Shuningdek, uch oy davomida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSH dollariga yetgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 927,9 mln AQSH dollariga yoki 6,2 % ga oshgan.

Toshkent shahri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori 38,5 %  ulushni egallagan. 3 oyda qariyb 6,1 mlrd AQSH dollariga yetgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga